Elektr va energetika bo'yicha o'zbekcha platforma
Mahsulot katalogi, montaj uchun hisob-kitob kalkulyatorlari va amaliy qo'llanmalar. Uy egasi uchun ham, obyektda ishlayotgan elektrik uchun ham.
Platformada nima bor
Har bir bo'lim alohida sahifa. Katalogdan mahsulot topasiz, kalkulyatordan hisob chiqarasiz, qo'llanma bo'limida esa nima uchun shunday ekanini o'qiysiz.
Katalog
Avtomat va himoya moslamalari, chiroq va panellar, rozetka-vyklyuchatel, kabel, montaj materiallari, quyosh energiyasi.
Kalkulyatorlar
Uy egasi, do'konchi va elektrik uchun alohida. Stabilizator, uyning quvvati, elektr puli, kabel, avtomat, UZO.
Qo'llanma
Avtomat qanday tanlanadi, UZO nima uchun kerak, shit qanday yig'iladi — sodda tilda qo'llanmalar.
Ulgurji kabinet
Yopiq bo'lim: ulgurji narxlar, omborda bor-yo'qligi va buyurtma. Telefon raqami orqali kirish.
Nima sotamiz
758 guruh 15 yo'nalishga bo'lingan. Raqam — shu yo'nalishdagi guruhlar soni.
Hozir savdoda
583 guruh ayni damda omborda turibdi — narxi va qaysi do'konda ekani katalogda ko'rinadi.
Eng ko'p ishlatiladigani
Formulani bilish shart emas. Kimligingizni tanlaysiz — sizga kerakli hisoblar chiqadi.
Uyimga qanday stabilizator kerak?
Jihozlarni ro'yxatdan belgilaysiz. Muzlatgich va nasosning ishga tushish toki ham hisobga olinadi. 220 V va 380 V, releyli · simistorli · latorli.
Mijozga nima kerak?
Mijoz "12 lik konditsioner" desa ham yetadi. Avtomat, kabel markasi, UZO, puskatel va stabilizator bir ekranda chiqadi.
Kabel kesimi va avtomat
Qizish bo'yicha PUE jadvali va kuchlanish yo'qotilishi — ikkalasidan kattasi. UZO, tok, quvvat va yorug'lik hisobi ham shu yerda.
Bu jihoz oyiga qancha pul yeydi?
2026-yil 1-iyundan amaldagi pog'onali tariflar bo'yicha. Konditsioner, boyler yoki isitgichning oylik hisobi.
Ko'p beriladigan savollar
Bizda nima bor
CHINT, NURA, redray, VIKO, PROFMET, Panasonic, TEKLED, ecotech, Baumann — to'g'ridan-to'g'ri, oraliq savdogarsiz.
Eshobod va Lola. Ombor qoldig'i saytda ko'rinadi — bekorga yo'l yurmaysiz.
3 ta mashina, Namangan viloyati bo'ylab. Katta buyurtma obyektga yetkaziladi.
Nima kerakligini bilmasangiz — kalkulyatordan hisoblaysiz yoki qo'ng'iroq qilib so'raysiz.