Elektrik chaqirmasdan, formulalarni bilmasdan. Avval kimligingizni tanlang —
sizga kerakli hisoblar chiqadi.
Uyimga qanday stabilizator kerak?
Uyingizdagi jihozlarni belgilang. Ularning ishga tushish toki ham
hisobga olinadi — muzlatgich va nasos yonayotganda 4–5 barobar ko'p tortadi.
Quvvatlar — shu turdagi jihozlarning o'rtacha pasport qiymatlari.
Haqiqiy modelingiz ±15–20 % farq qilishi mumkin. Aniq bo'lishi uchun jihozning orqasidagi
yorliqqa qarang va raqamni bosib o'zgartiring.
Stabilizator turi kuchlilik o'sishi bo'yicha
Uch turining farqi
Turi
Chiqishdagi aniqlik
Tezligi
Ishonchliligi
Nimaga to'g'ri keladi
Releyli
±10 %
20–40 ms
Relelar vaqti bilan eskiradi, chirsillaydi
Chiroq, isitgich, choynak, muzlatgich
Simistorli
±5 %
10–20 ms
Mexanik qismi yo'q, uzoq yuradi, ovozsiz
Konditsioner, televizor, kompyuter, nasos
Latorli
±3 %
0,5–2 s — sekin
Cho'tka va motor xizmat talab qiladi
O'lchov va tibbiy asbob, sezgir elektronika
Aniqlik yuqori bo'lgani har doim ham yaxshi degani emas. Latorli eng aniq,
lekin eng sekin — kuchlanish keskin sakrasa ulgurmaydi. Uy sharoitida
simistorli odatda eng muvozanatli tanlov: tez ham, aniq ham.
Uy jihozlari 198–242 V oralig'ida bemalol ishlaydi, shuning uchun oddiy yuk uchun
releylining ±10 % i ham yetadi va u ancha arzon.
Uch fazali — 380 V da faqat latorli bo'ladi. Releyli va simistorli turlar
220 V ga chiqariladi. Uch fazali latorli aslida bitta korpusdagi uchta stabilizator:
har bir fazani alohida tuzatadi, shuning uchun fazalar notekis yuklangan bo'lsa ham
to'g'ri ishlaydi. Uning quvvati uchala fazaga jami yoziladi — 9 kVA degani
har bir fazaga 3 kVA.
Menga qanday generator kerak?
Svet o'chganda nima ishlashi kerakligini belgilang — hammasi emas,
faqat kerakligi. Generator ishga tushish tokini ham ko'tarishi kerak: nasos yoki
konditsioner yonayotganda 3–5 barobar ko'p tortadi, generator esa buni tarmoqdan
farqli o'laroq bemalol bera olmaydi.
Boshida faqat eng zarurlari belgilangan. Generatorga choynak,
duxovka, boyler kabi isitish jihozlarini ulash — eng qimmat yo'l: ular ko'p tortadi
va generatorni bir necha barobar kattalashtiradi.
Necha soat yetishini hisoblash uchun
Qo'shimcha parametrlar
kVA ni kVt ga aylantirish uchun
Generator turi o'zi tavsiya qiladi, o'zgartirsangiz ham bo'ladi
Uch turining farqi
Turi
Quvvat oralig'i
Yoqilg'i
Resurs
Nimaga to'g'ri keladi
Invertorli
0,7–3,5 kVA
~0,35 l/kVt·soat
500–1 500 soat
Kompyuter, televizor, tibbiy asbob — toza sinusoida, ovozi past
Benzinli
2–10 kVA
~0,45 l/kVt·soat
500–2 000 soat
Uy, kichik do'kon. Arzon, yengil, lekin yoqilg'isi qimmat
Dizel
5–200 kVA va yuqori
~0,28 l/kVt·soat
3 000–20 000 soat
Do'kon, sex, doimiy ishlatish. Qimmat, lekin yoqilg'isi tejamli
Generatorni to'g'ridan-to'g'ri uy simiga ulash mumkin emas. Svet kelganda
ikkita manba to'qnashadi, generator kuyadi; bundan ham yomoni — sizning tokingiz
ko'chadagi simga chiqib, ta'mir qilayotgan odamni urishi mumkin.
Perekluchatel (reverse rubilnik) yoki ATS qo'yiladi: u bir vaqtda
faqat bitta manbani ulaydi.
Generator 50–75 % yuk bilan ishlashi kerak. Doim bo'sh yurgan dizel
silindrga yonmagan yoqilg'i yig'adi va tez buziladi. Juda katta generator olish —
faqat pul isrofi emas, u tezroq eskiradi ham.
Uyimga qancha quvvat kerak?
Kirish avtomati, hisoblagich va kirish kabelini tanlash uchun.
Yangi uy qurayotgan yoki quvvat oshirmoqchi bo'lganlar uchun.
Quvvatni o'zgartirish uchun raqamni bosing — jihozning orqasidagi
yorliqda yozilgani eng aniq.
Kirish kabelini tanlash uchun
Bu jihoz oyiga qancha pul yeydi?
2026-yil 1-iyundan amaldagi tariflar bo'yicha. Tarif oylik iste'molga
qarab pog'onali — shuning uchun uyingiz oyiga qancha sarflashini ham so'raydi.
Mijozga nima kerak?
Mijoz nima deyayotganini kiriting. Tokni hisoblash yoki formula bilish
shart emas — kVt, amper, konditsioner BTU si yoki motor ot kuchini yozsangiz kifoya.
Qo'shimcha parametrlar
Yuk turiga qarab o'zi qo'yiladi
Tez jadval
Hisoblashsiz qaraladigan jadval. Uch tomirli kabel, yopiq
yotqizilgan, 25 °C — uy va do'kondagi eng ko'p uchraydigan holat (PUE 1.3.4 va 1.3.5).
Kesim
Kabel chidami
Avtomat
Quvvat 220 V
Quvvat 380 V
Odatda nimaga
1,5 mm²
15 A
10 A
3,3 kVt
6,4 kVt
Yoritish liniyasi
2,5 mm²
21 A
20 A
4,6 kVt
9,0 kVt
Rozetka liniyasi — amalda 16 A qo'yiladi
4 mm²
27 A
25 A
5,9 kVt
11,6 kVt
Plita, boyler, konditsioner 18–24
6 mm²
34 A
32 A
7,5 kVt
14,5 kVt
Varochnaya panel, kichik uy kirishi
10 mm²
50 A
50 A
11,0 kVt
21,4 kVt
Uy kirishi
16 mm²
70 A
63 A
15,4 kVt
29,9 kVt
Katta uy, ustaxona kirishi
25 mm²
85 A
80 A
18,7 kVt
36,4 kVt
Do'kon, sex kirishi
35 mm²
100 A
100 A
22,0 kVt
42,8 kVt
Sex, obyekt kirishi
50 mm²
135 A
125 A
29,7 kVt
57,8 kVt
Obyekt kirishi
Kesim
Kabel chidami
Avtomat
Quvvat 220 V
Quvvat 380 V
Odatda nimaga
2,5 mm²
16 A
16 A
3,5 kVt
6,8 kVt
Faqat eski o‘tkazma
4 mm²
21 A
20 A
4,6 kVt
9,0 kVt
Faqat eski o‘tkazma
6 mm²
26 A
25 A
5,7 kVt
11,1 kVt
Faqat eski o‘tkazma
10 mm²
38 A
32 A
8,4 kVt
16,3 kVt
Faqat eski o‘tkazma
16 mm²
55 A
50 A
12,1 kVt
23,5 kVt
Uy kirishi, havo liniyasi
25 mm²
65 A
63 A
14,3 kVt
27,8 kVt
Uy va do'kon kirishi
35 mm²
75 A
63 A
16,5 kVt
32,1 kVt
Do'kon, sex kirishi
50 mm²
105 A
100 A
23,1 kVt
44,9 kVt
Obyekt kirishi
70 mm²
135 A
125 A
29,7 kVt
57,8 kVt
Obyekt kirishi
Quvvat qanday hisoblangan: 220 V — cos φ = 1 (isitish, yoritish,
maishiy texnika). 380 V — cos φ = 0,65 (uch fazali kuch yuklamasi,
dvigatel). Sof aktiv uch fazali yuklamada quvvat bundan yuqori chiqadi.
Jadval yopiq yotqizilgan uch tomirli kabel uchun. Ochiq yotqizilganda yoki trubada
ikki tomirli bo'lganda chidam yuqoriroq — aniq holat uchun "Elektrik" bo'limidagi
kabel kalkulyatoridan foydalaning. Bino ichida mis: yoritish 1,5, rozetka 2,5 dan
past bo'lmaydi.
Alyuminiy bir xil kesimda misdan taxminan 25 % kam tok o'tkazadi.
Bino ichidagi o'tkazmada 16 mm² dan kichik alyuminiy qo'llanmaydi — xira
qatorlar faqat eski o'tkazmani baholash uchun. Markalari:
APV, APUNP, AVVG, APVPU, AVBBShv, SIP, AS — VVGng alyuminiyda bo'lmaydi.
O'tkazgichning turi — mayda tolali va quyma
Turi
Ruscha
Markalari
Qayerga
Mayda tolali mis
Многопроволочная (гибкая) жила
PUGNP, PuGV (PV-3), PVS, ShVVP, KG
Bukiladigan joy, harakatlanuvchi jihoz, shit ichidagi ulanishlar,
burilishi ko'p trassa
Quyma mis
Однопроволочная (монолитная) жила
PUNP, PuV (PV-1), NYM
Devor ichida qotib turadigan doimiy o'tkazma, shtrobaga
VVGng, VVGng-LS
Ikkalasi ham bo'ladi
o'j = quyma, mj = mayda tolali
16 mm² gacha odatda quyma, 25 mm² dan yuqorisi mayda tolali —
o'ramdagi belgiga qarang
Tok o'tkazish qobiliyati ikkalasida bir xil — u faqat kesimga bog'liq,
simlar soniga emas. Farqi: mayda tolali yumshoq, sinmaydi, burchakka oson buriladi;
quyma qattiq, klemmada mahkam turadi va arzonroq.
Mayda tolali simni avtomat yoki rozetka klemmasiga to'g'ridan-to'g'ri qisish mumkin
emas — vint tolalarni ezib qo'yadi, kontakt bo'shashadi va qiziydi.
NShVI uchligi (nakonechnik) kiydirib qisiladi.
PUNP haqida: uning haqiqiy kesimi ko'pincha o'ramda yozilganidan kam chiqadi
(2,5 o'rniga 2,1–2,3 mm²). Shuning uchun uni doimiy o'tkazmaga qo'yganda kesimni
bir pog'ona yuqori olish yoki tekshirilgan marka (VVGng-LS) tanlash to'g'riroq.
Tomir va tola — ikki xil narsa.Tomir (жила) — kabel ichidagi alohida
o'tkazgichlar soni: 2 tomirli (faza + nol), 3 tomirli (faza + nol + yer),
4 va 5 tomirli (uch fazali). Yuqoridagi jadval shu soniga bog'liq — bitta g'ilofda
nechta tomir bo'lsa, ular bir-birini isitadi va tok chidami tushadi.
Tola (проволока) esa bitta tomirning ichidagi ingichka simlar soni —
u tok chidamiga ta'sir qilmaydi.
Avtomatning xarakteristikasi — qanchalik tez uzadi
Turi
Uzish toki
Qayerga
B
3–5 × nominal
Faqat yoritish, uzun liniya, sof aktiv yuklama
C
5–10 × nominal
Universal — uy, do'kon, ofis. Odatda shu qo'yiladi
D
10–20 × nominal
Dvigatel, kompressor, payvandlash, transformator
Uzish qobiliyati — qisqa tutashuv toki, kA
Qiymat
Qayerga
4,5 kA
Transformatordan uzoq kvartira, kichik uy
6 kA
Uy, do'kon, ofis — eng ko'p ishlatiladigani
10 kA
Transformator yonida, kirish avtomatlari
15 kA
Sanoat, katta obyekt
Qutblar soni — nechta simni uzadi
Turi
Nimani uzadi
Qayerga
1P
Faqat fazani
Uydagi guruh liniyalari — eng ko'p sotiladigani
1P+N
Faza va nol, 1 modul joy oladi
Joy tor bo'lganda
2P
Faza va nol
Bir fazali kirish, hammom, nam xona
3P
Uch fazani
Dvigatel, 380 V plita, uch fazali yuklama
4P
Uch faza va nol
Uy, do'kon, sexning uch fazali kirishi
UZO va difavtomat — oqim toki
Oqim toki
Qayerga
10 mA
Hammom, bolalar xonasi, alohida mas'ul liniya
30 mA
Odamni himoya qilish — rozetka guruhlari, kir mashina, boyler
100–300 mA
Yong'inga qarshi, uy yoki obyekt kirishida
UZO nominali avtomatdan bir pog'ona yuqori olinadi: avtomat 16 A → UZO 25 A,
25 A → 32 A, 40 A → 63 A. Turi: kir mashina, idish yuvish, invertorli konditsioner,
kompyuter bo'lsa — A tipi. Sof aktiv yuklamada AC ham bo'ladi, lekin A afzal.
Kabel kesimini tanlash
Qizish bo'yicha (PUE) va kuchlanish yo'qotilishi bo'yicha — ikkalasidan kattasi olinadi.
Yoki tokni to'g'ridan-to'g'ri kiriting
Qo'shimcha parametrlar
Uy jihozlari 0,95 · motorli yuk 0,8
Avtomat nominalini tanlash
Avtomat yukdan katta, lekin kabel chidamidan kichik bo'lishi kerak.
Aks holda avtomat emas, sim kuyadi.
Qo'shimcha parametrlar
UZO tanlash
Avtomat simni himoya qiladi, UZO esa odamni. Ikkalasi bir-birining
o'rnini bosmaydi.
Tokni quvvat orqali hisoblash
Yuk quvvatidan tarmoqdan oladigan tokni topadi.
Qo'shimcha parametrlar
Quvvatni tok orqali hisoblash
Tokqisqich (klesh) bilan o'lchangan tokdan yukning quvvatini topadi.
Qo'shimcha parametrlar
Yorug'lik hisobi
Xona uchun nechta chiroq kerakligini aniqlaydi.
Qutida yozilgan. 18 W LED ≈ 1800 lm
Qo'shimcha parametrlar
Och rangli xona 0,8 · o'rtacha 0,7 · to'q rangli 0,6
Diqqat. Bu kalkulyatorlar dastlabki hisob uchun. Ular xona
harorati, simlar zichligi, kabelning haqiqiy holati va boshqa sharoitlarni to'liq
hisobga olmaydi. Yakuniy qarorni malakali elektrik chiqaradi va loyiha amaldagi
normalarga muvofiq bo'lishi shart. Shubha bo'lsa — kesimni kattaroq, avtomatni
kichikroq oling.
Ruxsat etilgan uzoq muddatli toklar: PUE 1.3.4-jadval (mis) va 1.3.5-jadval
(alyuminiy). Elektr tariflari: 2026-yil 1-iyundan amaldagi maishiy tariflar.